📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Pauli prinsipi haqida

Pauli prinsipi haqida

Pauli prinsipi

Pauli prinsipiga binoan atomda to‘rtala kvant soni bir xil bo‘lgan ikkita elektron bo'lishi mumkin emas.

Har bir atom orbitalda uchta kvant son — n, l va m qiymatlari bir xil kattalikka ega bo‘lishi mumkin. Shunday holda bir orbitalda (yacheykada) antiparallel spinlarga ega bo'lgan faqat ikkita elektron bo'lishi mumkin, bunda ikkala elektronning spin kvant soni turli ishorali bo‘lishi kerak.

Pauli prinsipiga binoan bir yacheykada uchta elektron bo'lishi mumkin emas. Demak, yacheykada yagona elektron bo'lsa, yuqorida yozilgani kabi s-qobiqchada bitta, p-qobiqchada 3 ta va d-qobiqchada 5 ta elektron bo‘ladi, bu pog‘onachalar yarim to‘Igan pog ‘onachalar, har birida ikkitadan qarama-qarshi spinli elektron joylashsa, bunday pog‘onachalar to'lgan pog'onachalar deb ataladi. Elektroni bo‘lmagan pog‘onachalar va orbitallar vakant (bo‘sh) holat deb ataladi

Pauli prinsipi formulasi

Elektron pog‘onaning bosh kvant son qiymati ortib borishi natijasida undagi pog‘onachalar miqdori ham ko‘paya boradi va shu bilan birga pog‘onalarning har biridagi elektronlar soni ham ortib boradi. Bu holat bosh kvant son n orqali quyidagicha ifodalanadi:

n2 — pog‘onalardagi orbitallar soni,
N =2n2 — pog‘onalardagi elektronlar soni.
Jadvalda D. I. Mendeleyev sistemasining davrlar, energetik pog‘onalar, pog‘onacha va pog‘onalardagi elektronlar soni orasidagi bog'lanishi aks ettirilgan.

Pog‘onachalarda elektronlarning to‘lib borish tartibi V. M. Klechkovskiy (1900—1972) qoidasi asosida aniqlanadi.

Pauli prinsipi haqida
Atomlardagi pog‘ona, pog‘onacha va orbitallar hamda ulardagi elektronlar soni
🏷️ Teglar: #Bosh kvant son #kimyoni o'rganish #Kvant sonlar haqida #pauli prinsipi formulasi #Pauli prinsipi haqida