Kimyoviy bogʻlanish turlar

Kimyoviy bogʻlanish haqidagi ta’limot - hozirgi zamonning asosiy masalasidir. Bu ta’limotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli-tumanlik sabablarini, ularning hosil boʻlish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish xususiyatlarini tushuntirib boʻlmaydi. Kimyoviy elementlarning atomlari birbiriga birikib, juda koʻp oddiy va murakkab moddalarning molekulalarini hosil qiladi. Bu molekulalarda atomlar bir-birlari bilan qanday kuch hisobiga bogʻlanishi mumkin. Odatdagi sharoitda inert gazlarning atomlari erkin holda mavjud boʻla oladi (He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn), boshqa har qanday element atomlari erkin holda uzoq vaqt mavjud boʻla olmaydi, ular bir-biri bilan birikishga harakat qiladi, natijada esa oddiy yoki murakkab moddalarni hosil qiladi.
Oddiy moddalar - H2,O2,N2,Cl2.
Murakkab moddalar - HCl, H2O, MgO, NaCl, H2SO4.
Har qanday kimyoviy element oʻzining tashqi energetik qavatida elektronlar sonini tugallangan holatda yetkazishga intilishini bilamiz. Demak, tashqi energetik qavat 8 ta elektron bilan toʻlganida tugallangan boʻladi. Kimyoviy birikmalar hosil boʻlishda element atomi yadrosida oʻzgarish sodir boʻlmaydi, asosan guruh elementlari tashqi energetik qavatidagi elektronlarda - qoʻshimcha guruhcha elementlarida tashqi va tashqidan oldingi energetik qavatda oʻzgarish sodir boʻladi.
Ma’lumki har bir element oʻzining tashqi energetik qavatidagi elektronlarning yadroga bogʻlanish energiyasi bilan farqlanadi. Ayrim elementlarning tashqi energetik qavatidagi s-elektronlar yadroga kuchsiz bogʻlanganligi tufayli ular kimyoviy reaksiyalarda oson elektron beradi. Bunday elementlar metallardir. M: natriy atomining tashqi energetik qavatida 3s1 1ta elektron boʻladi va u kimyoviy reaksiylarda osonlik bilan bitta elektron yoʻqotib ikkinchi qavatni ochib qoʻyadi. Na ning 2-qavatida esa 8 ta elektron boʻladi.
Na0 +11) 2) 8) 1) - e Na+ +11) 2) 8)

Metallmaslarda tashqi energertik qavatidagi elektronlar yadroga kuchliroq bogʻlanganligi sababli kimyoviy reaksiyalarda elektron biriktirib oladi. Ftor atomining tashqi energetik qavatida 7 ta elektron boʻladi va kimyoviy reaksiyalarda elektron qabul qilib olib tashqi energetik qavatini 8 ta elektron bilan toʻldiradi. Davrlarda kimyoviy elementlarning elektron tortib olishi chapdan oʻngga oʻtgan sari ortib boradi. Bosh guruhchalarda esa aksincha yuqoridan pastga tushgan sari elektron tortib olishi va elektromanfiyligi kamayib boradi.
Mavzuga doir maqolalar
Kimyoviy bog’ning asosiy tavsiflari
Kovalent bog’lanish: atomlarning hamkorligi
Atom orbitallarining gibridlanishi
Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiylik qiymatlariga e’tibor bergan holda kimyoviy birikmalarni quyidagi 3 guruhga boʻlib olishimiz mumkin.
- Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan elementlardan, ya’ni ayni bir xil element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar a) N2, F2, Cl2, J2, O2, H2, Br2 - oddiy moddalar b) Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn - metallar.
- Elektromanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar - HCl, HBr, HJ, H2O, H2S, NH3, CH4, PCl3.
- Elektromanfiyligi bir-biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil boʻlgan moddalar NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO.
Atom tuzilishining elektron nazariyasi atomlarning molekulyar holatigacha birika olishini, yani kimyoviy bogʻ hosil boʻlish mexanizmini va tabiatini tushuntiradi.
Kimyoviy bogʻ - 2 va undan ortiq atomlarning oʻzaro ta’sirlashuvi boʻlib, bunda kimyoviy barqaror 2 yoki koʻp atomli sistemalar vujudga keladi. Kimyoviy bogʻning uzunligi - atom yadrolari orasidagi masofani bildiradi va nm larda oʻlchanadi. Bogʻ energiyasi – bogʻni uzish uchun sarf boʻlgan energiya miqdoridir.
Kimyoviy bogʻlar hosil boʻlishi ekzotermik jarayon, unda energiya ajraladi, bogʻni uzilishida energiya sarf boʻladi, bu endotermik jarayondir.
Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasida elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bogʻlanishlarni 3 turga boʻlish mumkin: kovalent, ionli, metall bogʻlanish.
Kovalent bogʻlanish nisbiy elektromanfiyligi bir xil boʻlgan metallmaslar atomi oʻrtasida sodir boʻladi. Kovalent bogʻlanish deb atomlarning umumiy elektron juftlari vositasida bogʻlanishiga aytiladi. Kovalent bogʻli moddalar odatdagi sharoitda qattiq, suyuq, gazsimon tuzilishga ega. Kovalent bogʻlanishda atom elektron bulutlarining bir-birini qoplashi natijasida hosil boʻladi. Elektron orbitallar bir-birini qancha koʻp qoplasa kimyoviy bogʻlanish shuncha puxta boʻladi. Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etadigan elektron juftlar shu elementning valentligini ham bildiradi.

H-H vodorod 1 valentli, O=O kislorod 2 valentli, N=N azot 3 valentli. Bulardagi bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, yani simmetrik joylashgan. Elektromanfiyligi bir xil boʻlgan atomlar orasida umumiy elektron juftlari hosil boʻlishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bogʻlanish qutbsiz kovalent boglanish deyiladi.
Atomlar uchun umumiy boʻlgan har bir juft elektronni 1ta chiziqcha bilan almashtirib yozish mumkin. M: O=O , N=N, H-H, Kimyoviy bogʻlanishda ishtirok etayotgan juft elektronlar shu elementning valentligini ham bildiradi. H.: H - bir valentli, O :: O - 2 valentli, N :::N -3 valentli atomlar. Yuqorida koʻrib oʻtilgan H2, O2, N2 lardagi bogʻlanish elektromanfiyligi bir xil atomlar orasidagi bogʻlanishdir. Bunda umumiy juft elektronlar har ikkala atom uchun bir xil masofada, simmetrik joylashgan. Natijada hosil boʻlgan molekula qutbsiz bogʻlanishni hosil qiladi. Qutbli kovalent bogʻlanish elektromanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil boʻlgan umumiy elektron juftlar, elektromanfiyligi kattaroq boʻlgan xlor atomi tomon siljigan boʻladi, natijada xlor atomi qisman manfiy, elektromanfiyligi kichikroq vodorod atomi esa qisman musbat zaryadlangan boʻladi.

Elektromanfiyligi bir-biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil boʻlgan kimyoviy bogʻlanish qutubli kovalent bogʻlanish deyiladi.

Atomlar elektron biriktirishi yoki yoʻqotishidan hosil boʻlgan zarralar ionlar deb ataladi, ular zaryadlangan zarrachalardir. Atomlar elektron berganda yoki biriktirib olganida zaryadlangan zarrachalar hosil boʻladi. Qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalar – ionlar bir biriga tortiladi, ionlardan hosil boʻlgan birikmalar ion birikmalar deb ataladi. Ionlar orasidagi bogʻ ion bogʻ deb ataladi. Ion bogʻlanish bilan kovalent bogʻlanish oʻrtasida keskin chegara yoʻq. Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, O2, S bilan hosil qilgan birikmalari kiradi, tuzlardagi metall ioni bilan kislota qoldigʻi orasidagi, metal ioni bilan gidroksid guruhi orasidagi bogʻlanishlar ham ion bogʻlanishli xarakterga ega. M: Ion bogʻlanishli birikmalar odatdagi sharoitda qattiq moddalardir.
