📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Gund qoidasi haqida

Gund qoidasi haqida

Gund qoidasi nima?

Gund qoidasiga binoan atomda elektron spinlar yig‘indisi maksimal qiymatga ega bo ‘Igan holatda atom energetik afzallikka ega bo‘ladi. Pog‘onachalarning har bir orbitalida elektronlar toq holda joylashadi, keyingi joylashadigan elektronlar toq elektronlarni juftlashgan holatga keltiradi va ayni pog‘onacha elektronlar bilan to‘lib bo‘lgandan keyin elektronlar Klechkovskiy qatoridagi keyingi pog'onachalarda joylasha boshlaydi.

Sferik shaklli s-pog‘onachalar boshqa turdagi orbitallarning energetik holatiga qaraganda afzalroq bo‘ladi. Sferik orbitallar egallagan hajm tejamli bo‘lishi natijasida, (n +l ) s,-orbitallar nd-pog‘onachalardan oldin elektronlar bilan to‘lishini Klechkovskiy qoidasi asosida tushuntiriladi.

Gund qoidasi haqida
II va III davr elementlarining elektron konfiguratsiyalar

Quyida Davriy sistemadagi 1—4-davr elementlarining asosiy holatlari uchun elektron konfiguratsiyalari va orbital diagrammalari keltirilgan. III.5-rasmda keltirilgan grafikdagi elektronlarning pog ‘onachalarda to‘lib borish tartibi Klechkovskiy qoidasi ham ayrim elementlarning atom orbitallarida kuzatiladigan holatlarni aks ettirmaydi.

Masalan, 24-element xromning elektron konfiguratsiyasi Is2, 2s2, 2p6, 3s2, 3p6, 4s2, 3d4 bo‘lishi kerak edi. Bu atomning 3d-pog‘onachasida 4 ta elektron toq holda bo‘lib, unda 5 ta orbital yarim to‘lishi uchun 1 ta elektron yetmaydi.

Gund qoidasi


Yarim yoki to‘la to‘lgan p- va d-orbitallar energetik jihatdan turg‘un bo‘ladi. Shu sababli 4s-elektronning bittasi 3d-pog‘onachaga ko'chib o ‘tadi va valent pog‘onaning elektron konfiguratsiyasi 4s13d5 va undagi toq elektronlar soni 6 ta bo‘ladi, bu jihatdan Gund qoidasi ham bunday elektron tuzilish turg‘unroq bo‘lishini anglatadi.

4-davr elementlaridan yana biri — tartib raqami 29 bo‘Igan mis elementi atomida 3d-pog‘onachasi to‘la to‘lishi uchun bitta 4s-elektron 3d-pog‘onachaga o ‘tadi va ... 4s23d9 o‘rniga 4s13d10 holat yuzaga kelib chiqadi. Davriy sistemada shunday vaziyatlar yana 8 ta d-element atomlarida kuzatiladi.

Xund qoidasi haqida
IV davr elementlarining elektron konfiguratsiyalar

Elementlarning valentligini namoyon qilishda bosh gruppacha elementlarida barcha tashqi pog‘ona (s- va p-pog‘onachalar) elektronlari qatnashadi (2-davrning V—VII gruppasidagi elementlardan tashqari) 2 davr elementlarida juft elektronga ega bo‘lgan konfiguratsiyali elementlarda maksimal valentlik tashqi valent qobig‘idagi orbitallar sonidan katta bo‘la olmaydi (azotning 5 ta elektroni bo‘lsa ham uning kovalentligi 4 ta toq elektron orqali amalga oshadi, kislorodning eng yuqori valentligi 4 dan ortmaydi, tabiatda ftor atomidan elektron tortib oluvchi element yo‘q ekanligi tufayli bu element faqat elektron qabul qila oladi, uning valentligi faqat birga teng).

Davriy jadvaldagi oraliq d-elementlar valentligi ns- va (n—1)d- pog‘onachadagi elektronlari hisobiga yuzaga kelib chiqadi. Agar d-pog‘onachadagi elektronlar soni 10 ta va s - orbitaldagi elektronlari 2 ta bo‘Isa (Zn, Cd va Hg lar), d-orbitallar valent holatni amalga oshirishda qatnashmaydi.
Umuman olganda, ns- va (n -1 )d-pog‘onachalarda d10- va s1 bo'lgan holda ham d-orbitallar elektronlari valentlikni namoyon qilishda qatnashadi (Cu, Ag va Au elementlari bunga misol bo‘la oladi).

🏷️ Teglar: #Gund qoidasi haqida #hund qoidasi #kimyoni o'rganish #Klechkovskiy qoidasi haqida #Pauli prinsipi haqida