📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Elektroliz qonunlari – Faradey qonunlari

Elektroliz qonunlari – Faradey qonunlari

Elektroliz jarayonida elektrodlarda ajralib chiqqan moddalaming miqdori bilan sarf bolgan elektr toki miqdori orasidagi boglanish M. Faradey qonunlarida o‘z aksini topgan.

Faradeyning 1 qonuni

Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqqan moddalar (yoki elektrod erishi natijasida hosil bojgan moddalar) massasi elektrolit eritmasi orqali o‘tgan elektr tokining miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo'ladi:

m = k Q

m — ajralib chiqqan modda massasi; — tok miqdori, uning qiymati Q = I • t formula orqali hisoblanadi; I — tok kuchi (Amper), t — elektroliz davom etgan vaqt, sekundlarda. k — elektr kimyoviy ekvivalent deb atalgan proporsionallik koeffitsienti. Agar o‘tgan tok miqdori 1 kulon (Q = 1 Kl) bo‘lsa, unda m = k bo‘ladi. Demak, 1 Kulon tok о ‘tganda elektrodda ajralib chiqqan modda massasi elektr kimyoviy ekvivalentga teng bo'ladi.

Faradeyning 2 qonuni

Agar turli xil elektrolitlar eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o‘tkazilsa , elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalaming massa miqdori o‘sha moddalaming kimyo­viy ekvivalentlariga to‘g‘ri proporsional bo'ladi.

Har qanday moddaning 1 ekvivalent miqdorini hosil qilish uchun bir xil miqdordagi elektr toki miqdorini sarf qilish kerak. Bu miqdor tokni Faradey soni (F) deb ataladi. Faradey soni F elektron zaryadining Avogadro soniga ko‘paytmasiga teng:

F = NA • e =6.0210-23 1.602210-19 Kl = 96485

Har qanday moddaning bir ekvivalent miqdorini olish uchun eritma yoki suyuqlanma orqali 96485 Kl miqdorda elektr tokini o‘tkazish kerak

Moddaning elektr kimyoviy ekvivalenti (k) uning ekvivalentini Faradey soniga bo‘Igan nisbatiga teng

\[{k} = {E\over F}\]

Bu nisbatdan har qanday moddaning elektr kimyoviy ekvivalentini hisoblab topish oson:

\[{k(Zn)} = {65\over 2 • 96485} = 3.37 •10^{-4} g /Kl\]
\[{k(H_2)} = {2\over 2 • 96485} = 1.04 •10^{-5} g /Kl\]
🏷️ Teglar: #Elektroliz qonunlari – Faradey qonunlari #Faradeyning 1 qonuni #Faradeyning 2 qonuni #kimyoni o'rganish