📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Oʻzbekistonda metallurgiya. Choʻyan va poʻlat ishlab chiqarish

Oʻzbekistonda metallurgiya. Choʻyan va poʻlat ishlab chiqarish

Oʻzbekistonda metallurgiya sanoati Bekobodda joylashgan boʻlib, u qora metallurgiya mahsulotlaridan choʻyan va poʻlat ishlab chiqarishga asoslangan. Choʻyan tarkibida 2,14% dan koʻproq uglerod tutgan temir va kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor boʻladi. Choʻyan domna pechlarida suyuqlantirib olinadi. Uning hajmi 5000 m3 va balandligi 80 m gacha boʻlgan, ichki yuzasi oʻtga chidamli gʻisht terilgan, sirti poʻlat qoplama bilan qoplangan murakkab inshootdir. Pechning yuqori qismi shixta, teshigi esa koloshnik deyiladi. Eng keng qismi raspar, pastki qismi gorn deyiladi. Konveyr pechning ogʻiz qismi - koloshnik orqali ruda pechga tushiriladi. Pechning pastki qismidan issiq havo yuboriladi. Yonish va kerakli temperaturani saqlab turish uchun gorndagi maxsus teshik orqali issiq havo yuboriladi. Kislorod bilan boyitilgan puflanayotgan havo domnaning unumdorligini 3 marta oshiradi. Pechning pastki qismiga solingan koks koʻmiri issiqlik manbai hisoblanadi va kislorod oqimida u shiddatli ravishda yonadi. Pechning ichidagi ruda 13000C gacha qizdiriladi, natijada ruda suyuqlanadi va qaynay boshlaydi, uning tarkibidagi qoʻshimcha mahsulotlarni ajratib olish uchun flyuslar qoʻshiladi. Flyuslar bekorchi jinsni oson suyuqlanuvchan birikmalarga-shlaklarga aylantiradi. Bunda quyidagi kimyoviy jarayon roʻy beradi: 

choyan ishlab chiqarish
Domna pechining tuzilishi:
1-toʻkuvchi apparat, 2-havo,
3-choʻyan

C + O2 = CO2;    CO2 + C = 2CO;

Hosil boʻlgan CO  asta sekin rudani qaytaradi.

3Fe2O3 + CO = 2Fe3O4 + CO2

450-5000C temperaturada     temir (III) oksididan temir qoʻsh oksidi hosil boʻladi. 6000C da temir qoʻsh oksidi temir (II) oksidigacha qaytariladi.  Fe3O4 + CO = FeO + CO2 Taxminan 7000C da temir (II) oksida sof temirgacha qaytariladi FeO+CO=Fe+CO2   Temirning rudadan qaytarilishi 11000C da tugaydi.   Boshlangʻich        materiallar tarkibidagi qoʻshimchalar qaytariladi.

SiO2+2C=Si=2CO;    MnO+C=Mn+CO

Ca3(PO4)2+5C=2P+3CaO+5CO;    Fe+C=Fe3C

3Fe+2CO=Fe3C+CO2;    CaCO3=CaO+CO2

Bulardan shlaklar hosil boʻladi. Ular domna pechining maxsus qismidan chiqarib yuboriladi. Choʻyanning rangi turlicha boʻlishi mumkin: oq va kulrang. Kulrang choʻyandan mashinalarning ogʻir qismlarini, maxoviklarni, plitalarni, trubalarni, koʻrpriklar uchun panjalarni, kimyoviy uskunalarni olishda ishlatiladi. Oq choʻyannning hammasi poʻlat ishlab chiqarish uchun sarf boʻladi.

Poʻlat olish. Poʻlat esa tarkibi 2,14% dan kam uglerod tutgan temir va uglerod qotishmasidan iborat. Poʻlat marten pechlarida va kislorod konveytor asboblarida, elektr yoyi pechlarida olinadi. Poʻlat olish jarayonining mohiyati shundan iboratki choʻyan tarkibidagi qoʻshimchalar kuydirib chiqarib yuboriladi. Bunda quyidagi kimyoviy jarayon boradi.

po'lat ishlab chiqarish
Elektr yoyi pechi sxemasi: 1-elektrodlar,
2-gʻishtli toʻsiq, 3-eritilgan metall,
4-poʻlat

2Fe+O2=2FeO+Q;

5FeO+2P=5Fe+P2O5+Q;   

2FeO+Si=2Fe+SiO2+Q;

FeO+Mn+Fe+MnO+Q;  

FeO+C=Fe+CO+Q;

Bekobod metallurgiya zavodi marten usulidan     foydalaniladi. Poʻlat tarkibiga koʻra: ligerlangan poʻlat,      xrom-molibdenli   poʻlat, xrom-vannadiyli poʻlat,   xromvolframli     poʻlat, marganetsli poʻlatlarga ajraladi va ular turli maqsadlarda ishlatiladi

🏷️ Teglar: #cho'yan haqida #cho'yanning olinishi #Choʻyan va poʻlat ishlab chiqarish #po'lat haqida #po'latning olinishi