Marganes haqida va uning birikmalari

Davriy sistemadagi 7-gruppaning yonaki gruppachasi
7-gruppaning yonaki gruppachasiga marganets, texnitsiy, reniy elementlari kiradi. Bu elementlarning sirtqi qavatida 2 ta, sirtidan ikkinchi qavatida 13 ta elektron bor. Reaksiyada bu elementlar sirtqi qavatidagi ikki elektronni berib, ikki musbat zaryadli boʻladi, ammo sharoitga qarab, sirtdan ikkinchi qavatidan 5 tagacha elektron berishi mumkin, demak ular ham galogenlar kabi valentliklari oʻzgaruvchan boʻladi, hosil qilgan birikmalarida yuqori valentligi +7 ga yetadi. Gruppasidagi elementlar sirtqi qavatidan 2 ta elektron boʻlgani uchun, marganets elektron qabul qila olmaydi va reaksiyalarda faqat elektron yoʻqotadi.
Marganetsning tabiatda uchrashi. 7-gruppaning yonaki gruppachasidagi elementlar orasida eng muhimi marganetsdir. U yer poʻstlogʻining 0,01% ni tashkil etadi. Marganetsning tabiatda eng koʻp uchraydigan birikmalaridan biri pirolyuzit MnO2.Tabiatda marganetsning quyidagi birikmalari ham koʻp uchraydi M: Mn2O3, Mn3O4, MnS, MnS2. Marganetsning eng katta konlari Ukrainada, Zakavkazeda, Gruziyada, Uralda, Gʻarbiy Sibirda, Qozogʻistonda mavjud.
Marganetsning davriy sistemadagi oʻrni.
- Kimyoviy belgisi Mn;
- 4-davr;
- 4-qator;
- 7-guruhning yonaki gruppachasi;
- Tartib raqami 25;
- Atom ogʻirligi 54,9;
- Metall;
- 2-7 valentlikni namoyon qiladi;
- Kislorodli birikmasi MnO2, Mn2O3, Mn3O4;
- Vodorodli birikmasi yoʻq;
- Atom tuzilishi +25)2)8)13)2);
- p=25, e=25, n=25;
Marganetsning fizik xossalari. Oq tusli qattiq metall boʻlib, solishtirma ogʻirligi 7,4 ga teng, suyuqlanish temperaturasi 1250C qaynash temperaturasi 2050C ga teng. Havoda yupqa oksid parda bilan qoplanadi.
Marganetsning kimyoviy xossalari. Marganets suyultirilgan kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi, kukun holdagi marganets oson oksidlanadi, galogenlar, oltingugurt, fosfor, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi. Marganets qizdirilganida suvdan vodorodni siqib chiqarishi mumkin.
Mn(kukun) + 2H2O → Mn(OH)2 + H2
Mn + 2H2SO4(kons) → MnSO4 + SO2 + 2H2O
3Mn + 8HNO3(kons) → 3Mn(NO3)2 + 2NO2 + 4H2O
Mn + Cl2 → MnCl2; Mn + S →= MnS
3Mn + 2P → Mn3P2; Mn + C → MnC
Marganets II-VII valentlikni namoyon qiladi. Marganetsning valentligi ortib borishi bilan asoslik xossalari kamayib, kislotalik xossalari ortadi.
Marganets (II) oksidi: marganets (II) oksidi marganetsning yuqori oksidlarini vodorod bilan qaytarish orqali marganets (II) oksidini hosil qilinadi. U suvda erimaydi, havoda oson oksidlanadigan yashil tusli modda, tabiatda MnS, MnCO3 kabi birikmalari uchraydi.
MnO2 + 4HCl→ MnCl2 + Cl2 + 2H2O
2MnO2 + 2H2SO4 → 2MnSO4 + O2 + 2H2O
Marganetsning koʻpchilik tuzlari pushti rangda boʻladi, xloridli, sulfatli, nitratli tuzlari suvda yaxshi eriydi.
Mn(NO3)2 + 2NaOH → Mn(OH)2 + 2NaNO3
Marganets tuzlariga ishqor tasir ettirilganida oq rangli choʻkma hosil boʻladi, hosil boʻlgan maxsulot suv va havo ta’sirida oksidlanib, 2Mn(OH)4 ni hosil qiladi.
2Mn(OH)2 + O2 + H2O → 2Mn(OH)4
Marganets (III) oksidi. U qora rangli modda, tabiatda gidratlar Mn2O3*H2O holida uchraydi. 4MnO2→2Mn2O3+O2; Mn2O3ga muvofiq keladigan tuzlar beqarordir. Mn(OH)3 - gʻoyat kuchsiz asos boʻlib, suvda erimaydi.
Marganets (IV) oksidi. U ham qora tusli boʻlib marganetsning barqaror birikmasi boʻlib, amfoterlik xossasiga ega, kuchli oksidlovchi. U qattiq qizdirilganida kislorodning bir qismi yoʻqolib, marganets (4) oksidiga aylanadi.
3MnO2→=Mn3O4+O2
Marganetsning (VI) valentlik birikmalari. Marganetsning 6 valentlik oksidi olinmagan, lekin unga xos boʻlgan marganetsning birikmalari olingan. M: H2MnO4 manganat kislota, tuzlari manganatlar. Manganatlar marganets oksidini kaliy gidroksid bilan qizdirish orqali uning tuzlarini olish mumkin.
2MnO2+4KOH+O2=2K2MnO4+2H2O bu tuz yashil tusda boʻladi.
MnO2+K2CO3+KNO3=K2MnO4+KNO3+CO2 yashil tusda boʻladi.
Manganat kislota beqaror boʻlgan uchun tezda parchalanib ketadi
3H2MnO4→MnO2+2HMnO4+2H2O;
Manganat tuzlari suv tasirida tezda parchalanadi
3K2MnO4+2H2O→MnO2+2KMnO4+4KOH
bunda yashil rang binafsha rangga kiradi. Kuchli oksidlovchilar ta’sirida u oksidlanadi.
K2MnO4+Cl2→2KMnO4+2KCl
Marganetsning (VII) valentlik birikmalari. Mn2O7 - yashil–qoʻngʻir tusli moysimon ogʻir suyuqlik boʻlib, sovuq va quruq joylarda saqlash lozim aks holda biroz isitilsa kuchli portlaydi, uni permanganatlardan olish mumkin.
2KMnO4+H2SO4→K2SO4+Mn2O7+H2O.
H2MnO4 ning oksidlanishidan hosil boʻlgan HMnO4 - permanganat kislota, Mn2O7 ga muvofiq keladigan kislotadir. Permanganat kislota kuchli oksidlovchi va kuchli kislotadir. U kuchlilik jihatidan nitrat va xlorid kislotalar bilan bir qatorda turadi. Uning tuzlari binafsha rangda boʻlib, kristal modda 2000 ga qadar qizdirilganida parchalanadi.
2KMnO4→K2MnO4+MnO2+O2.
Meditsinada dezinfeksiyalovchi modda, kimyo laboratoriyalarida oksidlovchidir, kislotali muhitda 2 valentgacha qaytarilishi mumkin. KMnO4kislotali muhitda kuchli oksidlovchi, ishqoriy va neytral muhitda oksidlash xususiyati pasayadi.
2KMnO4+10FeSO4+8H2SO4→K2SO4+5Fe2(SO4)3+2MnSO4+8H2O
2KMnO4+3H2SO4→K2SO4+2MnSO4+3H2O+5O2
2KMnO4+H2O→2MnO2+2KOH+3O2
2KMnO4+H2SO4→K2SO4+Mn2O7+H2O