Kimyoviy reaksiyalar mexanizmi

Reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiati va reaksiyalarning sodir bo'lish sharoitlariga qarab jarayonda molekulalar, ionlar, atomlar yoki radikallar ishtirok etishi mumkin.
Oddiy reaksiyalar
Oddiy reaksiyalarda jarayon bitta bosqichda amalga oshadi, uning kinetik tenglamalarida yagona tezlik konstantasigina mavjud bo‘ladi. Bunday vaziyat vodorod bilan yod molekulalari orasidagi birikish reaksiyasida amalga oshadi, lekin H2 + I2 sistemasida vaziyat boshqacha.
Murakkab reaksiyalar
Murakkab reaksiyalar bir necha oddiy reaksiyalaming umumlashgan holatida yuz beradi. Bunday konsekutiv deb nomlangan reaksiyalarda bir reaksiya mahsuloti boshqa reaksiya uchun boshlangich modda bo'ladi:
A—k2→B—k2→C
Bunday reaksiyalarga misol tariqasida uglevodorodlarning krekingi, alkanlarni xlorlash reaksiyalari, polimerlanish, murakkab efirlar gidrolizi va shularga o‘xshashlarni keltirish mumkin. Bunday reaksiyalarda bir necha tezlik konstantalari orqali ifodalangan kinetik tenglamalar bo'ladi. Ko‘pincha, bunday reaksiyalarda bir vaqt oralig‘ida turli jarayonlar amalga oshadi, bir necha bog'larining uzilishi, ko‘pgina bog'larning yuzaga kelishi, umumiy jarayon tezligi katta bolmasligi kutiladi. Bunday reaksiyalar qaytar, parallel, ketma-ket boruvchi, tutash xususiyatli va zanjirli tabiatga ega bo'lishi mumkin. Ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz:
a) qaytar reaksiyalar bizga tanish bo'lgan reaksiyalardir. Ularda reaksiya mahsulotlari o‘zaro ta’sirlashib, reaksiyada qatnashgan boshlang'ich moddalarni hosil qiladi:
3H2 + N2 —k2*v1— k1*v1→2NH3
b) parallel reaksiyalar bir vaqtning o‘zida boshlang'ich moddalar ikki yoki undan ko‘proq, bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan yo‘nalishda sodir bo'lishi mumkin:
2KClO3
2KCl + 3O2
4KClO3
KCl + 3KClO4
Agar reaksiyalarning biri kichik tezlikda sodir bo'lsa, tez amalga oshadigan bosqich boshlang'ich moddaning sarf bo'lish tezligi bilan bog‘liq bo'ladi;
d) ketma-ket sodir bo'ladigan reaksiyalarda jarayon bir necha oraliq bosqichlar orqali amalga oshadi:
A—k2→B—k2→C
Bu sxemada A — boshlang'ich, В — oraliq modda yoki moddalar va С — reaksiya mahsulotidir.
Yuqori molekulali neft mahsulotlarini qizdirish natijasida ulardan maydaroq molekulalar hosil bo'lishi kuzatiladi. Bunday moddalar yana ham uglerod atomlari kamroq bo'lgan mahsulotlarga parchalanadi. Bu turdagi reaksiyalar qatoriga kraxmalning gidrolizi natijasida oligomerlar, ulardan trisaxaridlar, ular esa o‘z galida yana ham maydaroq di- va monosaxaridlar hosil qilishi:
C18H32O16 + H2O → C6H12O6 + C12H22O11 +H2O → 3C6H12O6
e) tutash reaksiyalarda bir vaqtning o‘zida ikki reaksiya sodir bo'lishi kuzatiladi. Bunda ikki reaksiyada qatnashuvchi moddalar ayrim-ayrim olinganda ulardan biri uchun bu reaksiya bormasligi mumkin, ya’ni bir reaksiya borishi uchun ikkinchi reaksiya mavjud bo'lishi kerak. Masalan, Na2SO3 havo kislorodi ishtirokida oson oksidlanib Na2SO4 ni hosil qiladi. Ayrim olingan Na2HAsO3 kislorod ta’sirida oksidlanmaydi, lekin Na2SO3 bilan Na2HAsO3 bir eritmada birgalikda bo'lganda kislorod ikkala moddani oksidlaydi va Na2HAsO4 ham hosil bo'ladi.
Ikkinchi misol, organik reaksiyalarda kuzatiladigan holatlardan biri benzol vodorod peroksid ta’sirida oksidlanmaydi. Temir(Il) ionlari H2O2 ta’sirida temir(III) ioniga qadar oksidlanadi. Fe2+ bilan H2O2 reaksiyasi natijasida HO' radikal hosil bo'ladi:
Fe2+ + H2O2 = Fe3+ + HO- + НO'
HO' radikal С6Н6 dan vodorod atomini tortib oladi va С6Н5' radikali hosil bo‘ladi. Uning reaksiyalari:
C6H5 '+ HO' = C6H5OH va C6H'5 + C6H'5 = C6H5 - C6H5
Reaksiyalaming tutash mexanizmga ega bo ‘lish sababini reaksiyada oraliq aktiv mahsulotlarning (HO* radikali) ikkala reaksiyada qatnashishi natijasi deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi.
Zanjirli reaksiyalar
Zanjirli reaksiyalar xili juda ko‘p bo‘lib, ulardan biri bilan metanni xlorlash reaksiyasi misolini keltirish mumkin. Bunday mexanizmga ega bo‘lgan reaksiyalar qaldiroq gaz — H2 va O2 aralashmasida, gomogen sistemalardan biri uglevodorodlarning oksidlanish (spirtlar, aldegidlar, ketonlar, organik kislotalar kabi ko‘p miqdorda olinadigan) parchalanish, polimerlanish reaksiyalarida amalga oshadi.
Har qanday zanjirli reaksiyalarga uchta bosqich xos — zanjir boshlanishi, zanjirning rivojlanishi (davom etish) va zanjirning uzilish bosqichlari.
Birinchi bosqichda tashqi omillar (nur kvanti ta’siri, qizdirish, radi-oaktiv nurlar) ta’sirida bog‘lanish energiyasi oson uziladigan molekula, masalan H2 va Br2 aralashmasida Br2 molekulasi nur kvanti ta’sirida ikkita radikalga parchalanadi:
Br2 → 2Br*
Ikkinchi bosqich zanjirli reaksiyaning rivojlanishida hosil bo‘lgan Br' radikali H2 molekulasi bilan to‘qnashib, energiyasi kam bo‘lgan mahsulot molekulasi va yangi vodorod radikalini hosil qiladi:
Br* + H2→ HBr + H*
yangi Н' radikali Br2 molekulasi bilan to‘qnashib mahsulotni va yana Br' ni hosil qiladi va zanjir yana davom etaveradi:
H* + Br2→ HBr + Br*
Uchinchi bosqichda radikallar orasidagi reaksiya natijasida ular oddiy molekulalarga aylanadi va shu sababli radikalli zanjir jarayoni to‘xtab qoladi:
H*+ Н* → H2, Br* + Br* → Br2, Br* + Н* →HBr
Bundan tashqari, radikallar idish devorlari bilan to‘qnashishi ham zanjir uzilishiga sabab bo‘ladi.
Zanjir davom etishida CH4 + Cl2→ yoki H2+ Cl2→reaksiyalaridagi kabi bitta radikal jarayon davomida molekula va yangi radikal hosil qilsa, uni tarmoqlanmagan radikalli zanjir reaksiyasi deb, agar zanjir davomida mahsulotdan tashqari birdan ortiq radikal hosil bo‘lsa, masalan, H2 + O2 sistemani tarmoqlangan radikalli zanjirli reaksiya deb ataladi:
- Zanjirning boshlanish bosqichi (hv, elektr uchqun va hokazo ta’sirida):
H2 + O2 —hv→HO* + H O*, Ea = 190 kJ
2. Zanjirning rivojlanish bosqichi:
NO* +H = H2O + H*, Ea = 60 kJ
H* + O2 → HO* + O* , Ea= 80 kJ
H2 + O* → HO* + H*, Ea= 40 kJ
Shu jarayonda aktiv radikallar soni geometrik progressiya tarzida ortib boradi va shu sababli bunday reaksiyalar tezligi keskin ortadi.
3. Zanjirning uzilish bosqichida quyidagi jarayonlar kuzatilishi mumkin:
HO* + H* → H2O, HO* + HO* → H2O2 va boshqalar.