📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Faradey qonuni haqida

Faradey qonuni haqida

Oʻtgan asrning 30-yillarida ingliz olimi M.Faradey eritmadan oʻtgan elektr miqdori, ya’ni kationlarning qabul qilgan elektronlari va anionlarning bergan elektronlari miqdori bilan elektrodlarda ajralib chiqqan moddalarning miqdori orasidagi qonuniyatni topdi. Elektrolizda oksidlangan va qaytarilgan ionlar miqdori qabul qilingan va yoʻqotilgan elektronlar miqdoriga proporsional boʻlishi kerak. Bu Faradey qonunlarida quyidagicha ifodalanadi: 

  1. Elektrolizda ajralib chiqqan moddarning ogʻirlik miqdori eritma orqali oʻtgan elektr miqdoriga proporsionaldir.
  2. Turli elektrolitlar orqali teng miqdor elektr oʻtganida elektrodlarda ekvivalent miqdor moddalar ajralib chiqadi. M:bir necha idishga  HCl, Ag NO3, CuCl2, FeCl3 ning eritmalari quyilib, ularni ketma-ket elektr manbaiga ulansa, ularning hammasidan teng miqdorda elektr toki oʻtadi va teng miqdorda moddalar ajralib chiqadi. Agar 1,008 g vodorod chiqsa, 35,457 g xlor ajralishi kuzatiladi. Elektrodlarda 1gramm\ekvivalent modda ajralib chiqishi uchun eritmadan 96496 kulon elektr miqdori oʻtishi kerak. Bu son Faradey soni deyiladi. Amalda 96496 kulondan koʻproq elektr miqdori sarf boʻladi. Buning sababi shuki elektroliz bilan bir vaqtda ikkinchi reaksiyalar boradi va elektroliz bilan bogʻlanmagan jarayonlar sodir boʻladi. Buning matematik ifodasi quyidagicha yoziladi:

m = g E/F.Q

m - ajralib chiqqan modda miqdori;

g - E-elektrolitning gramm ekvivalenti;

F - faradey soni;

Q - oʻtgan elektr miqdori.

Tok kuchi amper, tok oʻtgan vaqt esa sekund bilan ifodalanadi, kulonlar miqdori hisoblanadi. Amperlar soni sekundlarga koʻpaytirilsa kulon miqdori kelib chiqadi. Tok kuchini i, vaqtni r bilan belgilaymiz va Q ning qiymatini qoʻyamiz.  m = g E∙i∙r/F

Kimyo sanoatida elektroliz ning ahamiyati katta. Elektroliz jarayoni metallarning sirtini nikellashda, xromlashda, qalaylashda, oltin bilan qoplashda, nushalar tayyorlashda ishlatiladi. Bu usul galvanoplastika deyiladi. Sof metall va metalmas olishda ham keng foydalanilmoqdi.

🏷️ Teglar: #faradey ikkinchi qonuni formulasi #faradey qonuni formulasi #faradey qonunining mohiyati