📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Dispers sistemalar va kolloid<strong> eritmalar</strong>

Dispers sistemalar va kolloid<strong> eritmalar</strong>

Dispers sistemalar va kolloid eritmalar

Eritmalar ikki toifaga bo'linida. Bunday sistemalardan biri chin eritmalar (ko‘p komponentli va bir jinsli) bo‘lsa, ikkinchilari esa kolloid eritma­larni tashkil etadi. Ba’zi shunday eritmalarda dispers faza (eritmada tarqal­gan modda) zarrachalarini ko‘z yoki ultramikroskop yordamida ko‘rish mumkin.

Chin eritmalarni hosil qilgan zarrachalar diametri 1 nm ( 1 * 10-9 metr) dan ham kichikroq bo'ladi, kolloid eritmalarda loyqa (suspenziya)lar zarrachalari diametri 100 nm dan kattaroq bo'lib, bu zarrachalar qisqa vaqt davomida eritma tagiga cho‘kishi mumkin (dag'al dispers sistemalar).

Ikkita bir-birida erimaydigan suyuq moddalar o ‘zaro maydalangan dispers holatdagi aralashma — emulsiya hosil qilishi mumkin (bunday sistemaga mayda yog‘ tomchilarining suvda tekis tarqalgan holati — sutni misol keltirish mumkin). Bunday dispers sistemalardagi zarrachalarning dia­metri ham 100 nm dan katta bo'lishi mumkin.

Agar dispers sistemadagi zarrachalar diametri 100 nm dan kamroq bo'lsa, ularni mayin dispers sistemalar deb ataladi. Umuman olganda, diametri 1 — 100 nm oralig'idagi mayin dispers sistemalar turg‘un bo'lib, o'lchami 100 nm dan kattaroq bo'lgan dag‘al dispers sistemalar qisqa vaqtda o‘z gomogenligini yo‘qotishi mumkin.

Dispers sistemalarda agregat holatlari uch xil (gaz, suyuq yoki qattiq) bo'lib, ular o‘zaro aralashganda 9 xil sistemalarni yuzaga keltirib chiqarishini jadvaldan ko‘rish mumkin.

Ikki komponentli dispers sistemalar

Dispers muhitning agregat holatiDispers fazaning agregat holatiMisollar
gazgazhavo, gazlar aralashmasi
gazsuyuqhavodagi namlik, havoga purkalgan suyuqliklar (aerozollar)
gazqattiq moddalartutun, chang
suyuqgazgaz moddalaming suvdagi eritmalar (ko'pincha erigan gaz molekular holatda bo'lib ,chin eritmalar hosil qiladi, muhit yopishqoqligi katta bo'lganda gaz ko'pigi hosil bo'ladi)
suyuqsuyuqsulfat kislotaning suvdagi eritmasi (chin eritmalar): sut esa emulsiya tunga mansub
suyuqqattiqosh tuzi. shakar qutbli molekulali moddalaming suvdagi chin eritmalari; loyqa suv — dag'al suspenziyalar (ikki fazali dispers sistemalar)
qattiqgazaktivlangan ko‘mir g'ovaklarida gaz moddalarning adsorbsiyalanishi, penoplastlar, penobeton, pemza shlak, non, patir va boshqa xamirdan pishirilgan taomlar (ikki fazali sistemalar)
qattiqsuyuqnam tuproq, mevalnr etidagi stiyuqlik. tabiiy marvarid (kalsiy karbonaida kolloid holdagi judn mayda suv tomchilari tarqalgan holatda bo'ladi), bulardan tashqari, boshqa ikki fazali sistemalar
qattiqqattiqqotishmalar, sement, beton; rangli shisha, emallar, ko'pchilik nodir toshlar va boshqalar

Dispers muhit va dispers fazaning qaysi agregat holatidan qat’iy nazar dispers sistemalarni uchta guruhga: chin eritmalar, kolloid va dag ‘aI dispers sistemalarga bo'linadi. Ularning qisqacha asosiy tavsiflari quyida keltirilgan:

chin eritmalarda dispers faza molekular yoki ion holdagi zarrachalardan iborat; o‘lchamlari (kattaliklari) bir-biriga yaqin, ular uzoq vaqt davomida turg‘un, dispers muhit va dispers faza bir-biridan ajralishi (tashqi muhit ta’siri bo'lmagan holatda) kuzatilmaydi; dispers faza zarrachalarining diametri 1 nm dan katta bo'lmaydi;

kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalari yuzlab, ba’zan minglab molekula yoki ionlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin; sistema bir jinsli bo'lsa ham, dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasida chegara mavjud; erigan moddalar zarrachalari diametri 1 — 100 nm oralig'ida bo'lishi mumkin (polidispers xususiyat);

dag‘al dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari qisqa vaqt davomidagina turg‘un, ular tezgina ikki fazali chegara hosil qiladi (loyqa cho‘kishi, sutning qaymog'i, qatiqning ayroni ajralishi va shunga o‘xshashlar).

Kolloid va dag‘al dispers sistemalarda zarrachalar kattaligi har xil bo'lgan polidispers sistemalardir.
Yuqorida keltirilgan dispers sistemalaming birinchisidan qolgan hammasida kolloid va dispers holatlar kuzatilishi mumkin. Ular orasida ahamiyati katta bo'lgan tuman, tutun, chang, ko'pik, emulsiya, suspenziya, qotgan ko'pik sistemalar, qattiq emulsiyalar hayotda ko'plab uchrab turadi.

Dispers faza va Dispers muhit

Kolloid eritmalardagi dispers faza va dispers muhit orasidagi o'zaro munosabatni ikki turga bo'linadi:

  1. Qaytar xususiyatga ega bo'lgan kolloid eritmalar — liofil (yunoncha lios — suyuqlik, filio — yoqtirish) sistemalarda dispers faza, dispers ion, muhit molekulalari yoki ionlari orasida ta’sirlashuv kuzatiladi.
  2. Qaytmas xususiyatga ega bo'lgan kolloid eritmalar — liofob (yunon­cha fobo — yoqtirmaydi) dispers faza dispers muhit bilan o'zidan o'zi aralashib ketavermaydi. Bunday kolloid eritmalarda dispers faza qismi, odatda, kichik konsentratsiyali bo'ladi. Ular kuchli elektrolit eritmalari bilan aralashganda dispers faza cho'kmaga tushadi (koagulyasiyaga uch­raydi) va o'zi bilan dispers muhitni qo'shib olmasdan cho'kadi.

Qaytar kolloid sistemalarda dispers faza konsentratsiyasi yuqori bo'lib, ular elektrolitlar ta ’siriga nisbatan deyarli befarq, lekin konsentratsiyasi yuqori bo'lgan elektrolitlar ta’sirida o'ziga dispers muhitning sezilarli miqdorini biriktirib olgan, hajmi katta, yopishqoq faza hosil qilib cho'kadi.

Zollar nima ?

Kolloid sistemalarda har qanday mayin zarrachalar tutgan eritmalarni «zol» deb ataladi. Aerozollarda dispers muhit sifatida gazlar, liozollarda dispers muhit suyuq bo'ladi. Dispers muhit suv bo'lganda gidrozollar yoki soddagina qilib zollar deb ataladi.

O'z turg'unligini yo'qotishi natijasida cho'kkan zollarni, ko'pincha, gellar (ba’zan liogellar) deb ataladi, ular bir jinsli va katta ko'lamli bo'lib, ulardagi zarrachalar o'zaro molekular kuchlar vositasida bog'lan­gan umumiy sistemani hosil qiladi (masalan, sut achiganda hosil bo'ladi­gan quyuqlashgan sistema).

Shunday vaziyatda qattiq faza dispers muhitdan ayrim holda ajralsa, bunday sistemani kaogel deb ataladi.

🏷️ Teglar: #Dispers faza va Dispers muhit #Dispers sistemalar va kolloid eritmalar #Ikki komponentli dispers sistemalar #Zollar nima