📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Dienlar – ikkita qo'shli uglevodorodlar

Dienlar – ikkita qo'shli uglevodorodlar

Dienlarning tuzilishi va nomlanishi

Molekulasi tarkibida ikkita qoʻsh bog' boʻlgan dien uglevodorodlari C2H2n-2 (n≥3) umumiy formulaga ega, ular uch turga boʻlinadi.

  1. Qo'sh bogʻlari oʻzaro qoʻshni uglerod atomlarida boʻlgan dienlar allen yoki kumulenlar deyiladi. Ular beqaror boʻlib, osonlik bilan alkinlarga qayta guruhlanadi. Ularning dastlabki vakili CH2=C=CH2 allen (propadien) hisoblanadi.
  2. Qo'sh bogʻlari orasida 1tadan ortiq oddiy bog' boʻlgan dienlar qoʻshbogʻlari ajratilgan dienlar deb ataladi. Ularning kimyoviy xossalari alkenlarnikidan deyarli farq qilmaydi, faqat reaksiyada bir yoki ikkala qoʻsh bogʻ ham qatnashishi mumkin. Masalan diallil shu turga kiradi: H₂C=CH-CH2-CH2-CH=CH2.
  3. Qo'sh bogʻlari oʻzaro 1,3-holatda boʻlgan dienlar (C=C-C=C) kimyoviy xossalari jihatidan alkenlardan birmuncha farq qiladi va bitta oddiy bog' bilan ajratilgan qoʻshbogʻli (kon'yugirlangan) dienlar deb ataladi. Odatda dien deyilganda aynan mana shu turdagi dien uglevodorodlari koʻproq nazarda tutiladi. Ularning dastlabki vakili butadien-1,3:

Ularni nomlashda ikkala qoʻsh bog'ni o'z ichiga oluvchi asosiy uglerod zanjiri qoʻsh bogʻli uglerod atomlari eng kichik raqamga ega boʻladigan tartibda raqamlanadi. Quyida tarkibi C5H8 boʻlgan dien uglevodorodi izomerlarining nomlari va uglerod zanjirining tuzilishi keltirilgan:

Dienlarning gomologik qator

NomiKimyoviy formula
PropadienC3H4
Butadien (divinil)C4H6
Pentadien-1,3 (piperilen)C5H8
GeksadienC6H10
GeptadienC7H12
OktadienC8H14
NonadienC9H16
DekadienC10H18

Fizik va kimyoviy xususiyatlar

Quyi dienlar rangsiz, past temperaturada qaynaydigan suyuqliklardir ( izoprenning qaynash harorati 34 °C; 2,3-dimetil-1,3-butadienning qaynash harorati 68,78 °C; 1,3- siklopentadienning qaynash harorati 41,5 °C). 1,3-Butadien va allen (1,2-propadien) gazlardir ( mos ravishda -4,5 °C va -34 °C).

Alkadienlar alkenlarga хоs bo’lgan reaksiyalarga kirishadi. Shu bilan birga 1,3-dienlarning o’ziga хоs reaksiyalari ham mavjud.

Dienlarning olishi 

S.V. Lebedev sintezi:

Bu reaktsiya bir vaqtning o'zida molekulalararo degidrogenatsiya bilan ikki molekula etanolning suvsizlanishi sifatida ifodalanishi mumkin.

Alkanlarning galogen hosilalarini ishqorning spirtli eritmasi bilan oilish:

CH2Br-CH2-CH2-CH2 Br+ 2KOH → CH2=CH-CH=CH2 +2KBr + 2H2O

🏷️ Teglar: #Dienlar – ikkita qo'shli uglevodorodlar