📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Birinchi guruhning qoʻshimcha gruppasidagi elementlar

Birinchi guruhning qoʻshimcha gruppasidagi elementlar

Birinchi guruhning qoʻshimcha gruppasiga mis, kumush, oltin kiradi. Bularning ham, birinchi gruppa bosh gruppachasidagi elementlar, ishqoriy metallar kabi, sirtqi qavatlarida bittadan elektron boʻladi, ammo xossalari jihatidan ulardan katta farq qiladi. Ishqoriy metallar aktiv elementlar boʻlgani uchun tabiatda erkin holda uchramaydi, ularning ionlanish xususiyati kuchli, mis gruppasi elementlari esa tabiatda erkin holda ham uchraydi, ular aktiv emas, ionlanish xossalari kuchli boʻlmagan metallardir. Birinchi gruppa bosh va qoʻshimcha gruppachalarining elementlari orasidagi katta farq sirtdan hisoblanganda ikkinchi qavat elektronlarida va atom radiuslaridadir. Mis gruppasi elementlarining sirtqi ikkinchi kavatida 18 tadan elektron bor, bu qavat ancha turgʻun, lekin butunlay barqaror emas. Bu elementlar sirtqi qavatlaridagi bitta elektronini yoʻqotib, ishqoriy metallar kabi,  musbat bir zaradli boʻla oladi va sirtdan ikkinchi qavatidan ham elektron yoʻqota oladi. Ishqoriy metallarning sirt qavatidagi ikkinchi qavatida 8 tadan elektron bor, ular butunlay barqaror shuning uchun ishqoriy metallar hamisha bir valentli boʻladi. Mis esa sirtqi qavatidagi elektronini yoʻqotsa, bir valentli boʻladi, sirtining ikkinchi qavatidan ham bir elektron yoʻqotishi mumkin, bu holda u ikki valentli boʻladi. Mis birikmalari koʻpincha, ikki valentlidir. Oltin sirtqi qavatidagi bir elektronini yoʻqotib, bir valentli boʻladi, sirtdan ikkinchi qavatidagi ikki elektronini yoʻqotishi ham mumkin, bu holda u uch valentli boʻladi, oltin oʻz birikmalarida, koʻpincha uch valentlidir. Ishqoriy metallar atomining radiusi katta, shuning uchun sirtqi valent elektronining yadroga bogʻlanish kuchi zaifroq. Shu sababdan, uning ionlanish xususiyati kuchli. Mis gruppasi elementlarining atom radiuslari ishqoriy metallarnikiga qaraganda ancha kichik, demak, sirtqi birinchi va ikkinchi qavat elektronlari, ya’ni valent elektronlari yadroga kuchli bogʻlangan, shuning uchun ularning ionlanishi-oksidlanishi ancha qiyin, qaytarilishi esa osondir. Bu elementlar aktivlik qatorida vodoroddan keyin turadi. Mis gruppasi elementlarining atom radiuslari quyidagicha: Cu-1,28 A, Ag-1,44 A, Au-1,44 A Mis gruppasidagi elementlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari  ancha yuqori. Ular suvni parchalay olmaydi, suvni hatto isitganda ham ta’sir etmaydi. Ularning gidroksidlari  suvda erimaydigan kuchsiz asoslardir.

Mis

Mis metallining ko'rinishi, mis haqida malumot

Misning tabiatda uchrashi. Mis (Cuprum) Cu, A=63,546. Mis yer poʻstlogʻini taxminan 3*10-3 % tashkil etadi. U ikki izotopdan iborat: Cu 63 - 69% va Cu 65 - 31%, uning yana 9 ta radioaktiv izotopi olingan. Mis insonga qadimdan ma’lum   metalldir,    uning qalay bilan qotishmasi - bronzani kishilar qadimdan ishlatib keladi, shu sababli bronza  asri insoniyat tarixining muhim bir davridir.

Mis tabiatda erkin holda uchraydi, ammo uning koʻp miqdori birikma holdadir.  Misning eng muhim rudalari sulfidlar tarzida boʻladi masalan, mis yaltirogʻi Cu2S, mis kolchedani CuS*FeS shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, malahit CuCO3*Cu(OH)2 va kuprit Cu2O ham bor.  

Mamlakatimizda mis konlari juda koʻp. Oʻzbekistonda: ―Sari chelek, Oltin topgan va boshqa joylarda mis konlari mavjud. Davriy sistemadagi oʻrni.

  • Misning kimyoviy belgisi Cu, 
  • Davr soni 4, 
  • Qator soni 5, 
  • Guruh  II, 
  • Valentligi II, I 
  • Tartib raqami 29, 
  • Nisbiy atom massasi 64, 
  • Kislorodli birikmasi CuO,  ü Vodorodli birikmasi yoʻq, 
  • Atom tuzilishi +29)2)8)18)1),
  • d elementlar oilasiga kiradi,  
  • p = +29, e= -29 n= 39, 
  • Metall, 
  • Elektron konfiguratsiyasi: 1s2 2s2 2p63s23p63d104s1

Olinishi. CuO + C = CO + Cu . Tabiatda birikma holda uchraydi. Mis kislorod bilan tabiatda birikma holda uchraydi. Misni   koʻmir  yordamida qaytarish yoʻli bilan olinadi. Sulfidli rudadan mis ajratib olish uchun ruda avval kuydirilib CuO ga aylantiriladi, bunda ajralib chiqqan SO2 dan sulfat kislota tayyorlashda foydalaniladi. CuO koʻmir bilan qaytarilib, undan mis olinadi. Bu yoʻllar bilan olingan mis xomaki mis deb yuritiladi, chunki uning tarkibida turli qoʻshimchalar boʻladi. Xomaki mis elektroliz usuli bilan tozalanadi, ya’ni rafinlanadi.

Fizik xossalari.    Mis   yaxshi choʻziladigan,     yaxshi        yassilanadigan, elektr va issiqni yaxshi oʻtkazadigan, u qizil tusli metalldir. Elektr oʻtkazish xususiyati jihatidan mis kumushdan va boshqa hamma metallardan ustun turadi. Misning suyuqlanish temperaturasi  10840C.   Misning      qaynash temperaturasi 25400C, mis quruq havoda qorayadi, ya’ni asta-sekin oksidlanadi, hosil boʻlgan oksid mis sirtida zich parda hosil qiladi, bu parda misni havo kislorodi ta’siridan saqlaydi, lekin nam havoda misning sirti CuCO3.Cu(OH)2 bilan qoplanib, koʻkaradi.

misning olinishi
Koʻmir bilan mis(II) oksidining reaksiyasi

Kimyoviy xossalari. Mis xlor bilan odatdagi temperaturadayoq birikadi. Suyultirilgan  HCl va H2SO4 misga ta’sir etmaydi, misga konsentrlangan  H2SO4 ni isitgan holda ta’sir ettirilsa, CuSO4 va SO2 hosil boʻladi, HNO3 ta’sirida esa, kislotaning konsentratsiyasiga qarab  Cu(NO3)2 va NO yoki NO2 hosil boʻladi.

Cu + Cl2 CuCl2;

Cu + 2H2SO4 CuSO4 + SO2 + 2H2O

Cu + 2HCl CuCl2 + H2;

Cu + 4HNO3 Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O


Misning ishlatilishi. Mis turmushda va sanoatda koʻp ishlatiladi. Misning eng koʻp miqdori elektr simlari tayyorlash uchun ketadi. Misdan turli asboblar, ximiya asboblari, bronza (mis bilan qaliy qotishmasi), latun (mis bilan rux qotishmasi) va boshqa qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Roʻzgʻorda    ishlatiladigan asboblar, idishlar va qozonlarni zanglashdan saqlashda ularga qalay bilan ishlov beriladi. Bu narsa odamni zaharlanishdan  saqlaydi, chunki mis birikmalari zaharlidir. Cu(OH)2*CuCO3 - bu modda tabiatda uchraydi va malaxit deb ataladi va uni  yashil boʻyoq sifatida ishlatiladi.

Mis birikmalari qishloq xoʻjaligida oʻsimliklarni zararkunandalariga va turli kasalliklariga qarshi kurashda ishlatiladi. Mis inson, hayvon va oʻsimlik organizmi uchun oz miqdorda boʻlsa ham zarur elementdir. Mis birikmalari qishloq xoʻjaliklarida mikrooʻgʻit sifatida ishlatiladi. Ammo mis birikmalarining zaharliligini unutmaslik kerak.

Kumush

Kumushning tabiatda uchrashi. Kumush (Argentum) Ag, A=107,868. Kumush yer poʻstlogʻining 4*16-6 % ni  tashkil etadi. Kumush erkin holda uchraydi, lekin uning koʻp qismi birikmalardan olinadi. Uning koʻproq uchraydigan birikmalari kumush yaltirogʻi yoki argentit deb ataladigan mineral Ag2S va xlorargentitdir AgCl. Mamlakatimizda kumush konlari koʻp. Uning tabiatda 2 ta tabiiy va  25 ta sun’iy  izotopi bor.

Davriy sistemadagi oʻrni.

  • Kumushning kimyoviy belgisi Ag
  • Davr soni 5
  • Qator soni 7
  • Guruh  I
  • Valentligi II,I 
  • tartib raqami 47
  • Nisbiy atom massasi 107
  • Kislorodli birikmasi Ag2O
  • Vodorodli birikmasi yoʻq
  • Atom tuzilishi +47)2)8)18)18)1)
  • d elementlar oilasiga kiradi
  • p =  +47, e =  - 47,  n = 60
  • Metall
  • Elektron konfiguratsiyasi: 1s2 2s2 2p63s23p63d104s24p64d105s1    
  • Tabiatda  erkin holda uchraydi

Olinishi. Kumush metali elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi.

Ag2O + Zn 2Ag +ZnO

2K[Ag(CN)2] + Zn K2[Zn (CN)4] + 2Ag

Elektroliz qilish uchun anod sifatida Ag, elektrolit sifatida AgNO3 eritmasi ishlatiladi. Elektroliz vaqtida toza kumush katodga yigʻiladi. 

Fizik xossalari.    Yumshoq, choʻziluvchan,      yaxshi        yassilanuvchi, kumushsimon oq rangli metall, suyuqlanish temperaturasi 960,800C, qaynash temperaturasi 22120C,  issiqlikni va elektrni yaxshi oʻtkazadi. Ag odatdagi temperaturada yoki qizdirilganida oksid parda bilan qoplanmaydi.

Ishlatilishi. Ziynat buyumlari, uy-roʻzgʻor idishlarini tayyorlashda turli laboratoriya idishlari, meditsina asboblari, fotografiyada, koʻzgu ishlab chiqarishda va analitik kimyoda ishlatiladi.

Oltin

Tabiatda uchrashi. Oltin yer poʻstlogʻining 4*10-7% ni tashkil etadi. Tabiatda koʻpincha erkin holatda uchraydi. Oltin zarralari koʻpincha qum zarralari bilan birga uchraydi. Au insonga qadimdan ma’lum boʻlgan birinchi metalldir. 1 ta tabiiy, 22 ta sun’iy izotopi bor. Oltin konlari Oʻzbekistonda  bor.

Davriy sistemadagi oʻrni.

  • Oltining kimyoviy belgisi Au 
  • Davr soni 6
  • Qator soni 9
  • Guruh I
  • Valentligi I, II
  • Tartib raqami 79
  • Atom ogʻirligi 196
  • Kislorodli birikmasi Au2O
  • Vodorodli birikmasi yoʻq
  • Atom tuzilishi +179)2)8)18)32)18)1)
  • d elementlar oilasiga kiradi 
  • p = +79, e=  -79 n=  117
  • Metall
  • Elektron konfigurfsiyasi: 1s2 2s2 2p63s23p63d104s244p64d245s25p65d106s1
  • Tabiatda erkin holda uchraydi
oltin haqida malumot

Olinishi. Oltinli qum KCN yoki NaCN ning suyiltirilgan eritmasi bilan havo kislorodi ishtirokida olib boriladi.

4Au + 8NaCN + O2 + 2H2O 4Na[Au(CN)2] + 4NaOH

2Na[Au(CN)2 ] + Zn Na2[Zn(CN)4] + 2Au

Qo'shimcha malumotlar

https://cheminfo.uz/mis-haqida-malumot/
https://cheminfo.uz/kumush-haqida-malumot/
🏷️ Teglar: #birinchi guruhning qoshimcha elementlari #birinchi yonaki guruh #kumush haqida malumot #Mis haqida #oltin haqida malumot