📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Analitik kimyoda xatolar haqida

Analitik kimyoda xatolar haqida

Har qanday o'lchashda u yoki bu darajada xatolikka yoʻl qoʻyiladi. Ko'pincha xatolar oʻzaro uyg'unlashib ketadi. Quyida xatolarning ko'p tarqalgan ko'rinishlarini qarab chiqamiz:

  1. Ifodalash (hisoblash) usullari boʻyicha xatolar mutlaq va nisbiy xatolarga boʻlinadi. Mutlaq xatolar standart chetlashish, nisbiy xatolar nisbiy standart chetlashish, foizlar bilan ifodalanadi.
  2. Tarkibiy qismning haqiqiy qiymatidan yuqori yoki pastligini ko'rsatish bo'yicha xatolar musbat va manfiy xatolarga boʻlinadi.
  3. Oʻlchanadigan qiymat bilan xatoning bogʻliqligiga koʻra xatolar doimiy (oʻlchanadigan qiymatga bogʻliq boʻlmagan) va mutanosib (o'lchanadigan qiymatga mos) xatolarga boʻlinadi.
  4. Yuzaga kelish sabablariga koʻra sistematik, tasodifiy va qoʻpol
    xatolar ham boʻladi.
  5. Yuzaga kelish manbalariga koʻra: asbob, reaktiv, uslubiy, namuna olish xatolari boʻlishi mumkin.

Bulardan tashqari obyektiv va subyektiv, chegara, yoʻl qoʻyiladigan, kafolatli, har bir usulning oʻziga xos va boshqa xatolar ham uchraydi. Tasodifiy xatolar — kelib chiqishi maʼlum bir qonuniyatga asoslanmagan, kattaligi va ishorasi noma'lum. Bu analitikning oʻziga bogʻliq boʻlmagan tashqi faktorlar, masalan, harorat, namlikning oʻzgarishi, laboratoriya havosining ifloslanishi, binolarning tebranishi, tok manbaida kuchlanishning oʻzgarishi va boshqalar bilan bogʻliq. Ular statistik usullar yordamida hisobga olinishi va baholanishi mumkin.

Kimyoviy analiz bosqichlari haqida

U yoki bu darajada tasodifiy xatolarning oldini olish mumkin, ayniqsa, qo'pol xatolarning oldini olish oson. Buning uchun analiz diqqat bilan oʻtkazilishi, eritma yoki moddalar to'kib yuborilmasligi, oʻlchash natijalari toʻgʻri yozib olinishi, hisoblashlar toʻgʻri bajarilishi zarur. Oʻlchash natijalarini baholashda ularning yozilish tartibi juda muhim hisoblanadi. Masalan, texnik tarozida tortish natijasi bilan analitik tarozida tortish natijalari har xil boʻlishi hisobga olinishi kerak. Masalan, natija 2,5 yoki 2,50 g deb yozib olingan boʻlsa, bu texnik tarozida tortilgani, 2,5000 g tarzida yozib olingan boʻlsa, analitik tarozida tortilganligini bildiradi.

Sistematik xatolar kattaligi doimiy boʻlib, maʼlum qonuniyat boʻyicha oʻzgaradigan xatolar. Agar oʻlchash bir tarozi (va toshlardan yoki asbobdan foydalanib oʻtkazilsa, sistematik xato yoʻqoladi. Sistematik xatolarga quyidagilarni kiritish mumkin. Uslubiy (metodik) xatolar qoʻllanilayotgan analiz usuli va reaksiyaning xususiyatlari (masalan, aniqlash asoslangan reaksiyaning miqdoriy jihatdan toʻla bormasligi, cho'kmaning qisman erishi, choʻkma bilan begona jismlarning birgalashib cho'kishi), ayrim amallarni bajarish ketma-ketligiga qat'iy rioya qilinmasligi, amallarning aniq bajarilmasligi, cho'kmaning qizdirilganda qisman parchalanishi, erib ketishi yoki uchib ketishi, moddaning gigroskopikligi kabi omillarga bogʻliq.

Analitik kimyo fani haqida malumot

Asboblarga bogʻliq xatolar — asbobning haqiqiy qiymatdan siljishi, masalan, tarozi nol nuqtasining noto'g'riligi, toshlar massalarining nominaldan farqi singarilar tufayli paydo boʻladi. Reaktivlarga bogʻliq xatolar tayyor yoki tayyorlangan reaktivlar konsentratsiyalarining haqiqiy qiymatdan farq qilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.

🏷️ Teglar: #Analitik kimyoda xatolar #kimyoni o'rganish #uzbek tilida