📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Yuqori molekulyar birikmalar klassifikatsiyasi

Yuqori molekulyar birikmalar klassifikatsiyasi

Polimer moddalami klassifikatsiyalashda ular asosiy zanjirining tarkibigako'ra, quyidagi uch gruppaga bo'linadi:

Karbozanjirli polimer birikmalar

Bunda polimer makromolekulasidagi asosiy zanjir faqat uglerod atomlaridan tarkib topgan bo'ladi. Misol tariqasida polietilen va polibutadiyenni keltirish mumkin.

Polietilen molekulasi:

…—CH2—CH2—CH2—CH2—CH2—CH2—CH2—СН2—…

Polietilen sanoatda ikki usulda olinadi:

  1. Etilenni yuqori bosimda kislorod ishtirokida polimerlash usuli.
  2. Past bosimda kompleks metallorganik katalizatorlar ishtirokida polimerlash.

Polietilen oq rangli, tashqi ko'rinishi parafinga d'xshaydi. U suvdan engil. Polietilen dielektrik xossaga ega. Sovuqqa, kimyoviy reagentlar ta’siriga chidamli. Havoni va namlikni o‘tkazmaydi.
Suyuqlanish temperaturasi 100—110°C.

Yuqori temperaturada polietilen yumshaydi. Qisman oksidlahadi va uning xossalari o‘zgaradi. Polietilendan turli xil plyonkalar, elektrizolyatsiya materiallari, xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniluvchi buyumlar tayyorlanadi.
Karbozanjirli polimerlarga yana misol qilib polistirolni keltirish mumkin. Polistirol qattiq, shaffof modda. U stirolni blok yoki emulsiyada polimerlash orqali olinadi:

polistirolni

Stirol eng ko‘p tarqalgan plastiklardan biridir. Undan elektrotexnikada dielektriklar sifatida, kislotalar ta’siriga chidamli turli buyumlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Karbozanjirli polimerlarga misol tariqasida yana polivinilxloridni keltiramiz. Polivinilxlorid oqkukun modda. U vinilxlorid CH2 = СHCl ni polimerlab hosil qilinadi.

Polivinilxlorid erituvchilar va ko‘pchilik kimyoviy moddalar ta’siriga chidamli polimer materialdir. Undan tayyorlangan vinilplast kabellar, linoleum ishlab chiqarishda, kimyoviy moddalar ta’siriga chidamli quvurlar, elektrolizda ishlatiladigan vannalar, kislota va ishqorlarni saqlash uchun ishlatiladigan idishlar, akkumulyator detallarini tayyorlashda qo‘llaniladi.

Polivinilftorid vinilftorid (CH2=CHF) ni polimerlash orqali olinadi. Polivinilftoridni 1-ftor — 1,2- dixloretandan ham olish mumkin. Bu modda katalizator ishtirokida qizdirilganda bir molekula xlor ajralib chiqadi va vinilftorid hosil qiladi. Uni radikal mexanizmda zanjirli polimerlab polivinilftorid olinadi:

Polivinilftorid

Polivinilftorid yuqori temperaturaga va, ayniqsa, quyosh nuri ta’siriga chidamli, past temperaturada elastikligini saqlash kabi xossalarga ega bo‘Igani uchun keng qofllaniladi. Elektrotexnika sohasida vinilftoridning boshqa monomerlar bilan hosil qilgan sopolimerlari ko‘p ishlatiladi

Politetraftoretilen tetraftoretilenning juda oson polimerlanishidan hosil bo‘ladi. Tetraftoretilen tetraxloretilendagi xlor atomlarini ftor atomlariga almashinuvidan hosil qilinadi:

nCCl2=CCl2 + 4nAgF kkm (—CF2—CF2—)n

Tetraftoretilen oddiy sharoitda gaz modda. Politetraftoretilen oqkristall modda. Shuningdek, u teflon, ftorplast-4, algoflon, sereflon deb ham ataladi. Uning mexanik xossalari boshqa polimerlarga qaraganda kuchli. Teflon 320°C da ozgina yumshaydi, 400°C dan yuqorida parchalana boshlaydi. Teflon hatto ochiq alangada yonmaydi va suyuqlanmaydi. Politet- raftoretilenning kimyoviy moddalar ta’siriga chidamliligi oltin va platinadan ham yuqoridir. Buning sababi ft orli YuMB da kuchli (E= 510 kJ/mol) C—F bog'lari mavjudligidir va yuqori kristalligidir. Kimyo sanoatida, atom energetikasini yaratishda, radiotexnika, elektro texnika, kosmik texnika vatibbiyotda keng qo’llaniladi.

Geterozanjirli polimer birikmalar

Asosiy zanjirdauglerod atomlaridan tashqari, kislorod, azot, oltingugurt, fosfor atomlari ham bo'ladi. Misol tariqasida sellyuloza, oqsillar, poliamidlar, poliefirlami keltirish mumkin.

Molekulasi tarkibida ikkita aminogruppa bor bo‘lgan birikmalar diamin, uch aminogruppa bor bo‘lgan birikmalar triamin va hokazo deb ataladi. Gesametilendiamin va adipin kislotasi HOOC—(CH2)4— COOH dan hosil bo'ladigan polimer moddadan naylon tolasi olinadi. Bu reaksiya quyidagicha ifodalanadi:

Geterozanjirli polimer birikmalar

Naylon poliamidlarga kiradi. Naylonni tabiiy ipak va tabiiy jun o'mida ishlatish mumkin. Naylondan tayyorlangan matolar g‘ijimlanmaydi, elastikbo‘ladi, sovuqqa chidamli.

Tarkibida bir necha funksional gruppalar bo‘lgan organik moddalar aralash funksional birikmalar deb ataladi. Masalan, aminokislotalar tarkibida ham asos xossasiga ega bo‘lgan NH2-gruppa, ham kislota xossasiga ega bo‘lgan COOH-gruppa bor. Aminokislotalar amfoterlik xususiyatiga ega. Ma’lum bir sharoit yaratilganda aminokislotalar siklik birikmalarga laktamlarga aylanadi. Masalan, aminokapron kislotasidan kaprolaktam hosil bo'ladi:

kaprolaktam

Kaprolaktam poliamidlarga kiradigan polikaprolaktam, ya’ni kapron ishlab chiqarishda xomashyo hisoblanadi. Kapron olishda kaprolaktamdagi bog‘ uziladi va to‘g‘ri chiziqli polimer hosil bo‘ladi:

Metallardan Na, Li, Cu, Zn, Mg,Hg, Al, Sn,.Pb larning hamda Fe, Cr, Co, Ni, Pd, Pt ning organik birikmalari olingan.

🏷️ Teglar: #Yuqori molekulyar birikmalar klassifikatsiyasi