Yuqori molekulali birikmalar Polimerlar

To‘yinmagan organik birikmaning molekulasiga bir yoki bir necha xuddi shunday molekulalar birikishi natijasida tarkibi о‘zgarmagan holda molekulyar massasi katta bo 'lgan moddalarning hosil bo ‘lishi reaksiyasi polimerlanish reaksiyasi deb ataladi.
Polimerlanish reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan katta molekulyar mas sali mahsulot polimer deb ataladi, polimer hosil qilish uchun bir-biri bilan birikuvchi kichik molekulyar massali modda esa monomer deb ataladi.
Xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan plastik massalar, kimyoviy tolalar, kauchuk va boshqa texnik ahamiyatga ega bo‘lgan moddalarning kelib chiqishi bilan polimerlar kimyosi faniga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Natijada polimerlar kimyosi va uning rivojlanishi plastmassalar, sintetik kauchuklar: kimyoviy tolalar, qoplovchi moddalar, metallaming o‘mini bosuvchi texnik parametrlarga ega bo‘lgan moddalar, tibbiyot sohasida qo‘llaniluvchi moddalar olish uchun asos bo‘ldi.
Hozirgi kunda sanoatning rivojlanishini, radiotexnika va elektronika sohasini, televideniye, avtomobilsozlik va mashinasozlik; samolyotsozlik, kosmik kemalar yaratish, xalq xo'jaligini polimer moddalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Turli xil kimyoviy tolalar (kapron, lavsan, nitron va boshqalar) qimmat- baho tabiiy. xomashyo bo‘lgan paxta, jun va ipak o‘mini bosadi, ulardan to‘qilgan matolar g'ijimlanmaydi, yaxshi bo‘yaladi, yuvganda rangini yo‘qotmaydi.
Polimer moddalar tibbiyotda jarrohlikda (turli jarrohlik muolajalaridan so‘ng o‘z-o‘zidan so'rilib ketuvchi tikish uchun ishlatiladigan tolalar, qon tomirlarida paydo bo‘lgan tiqinlami olib tashlab, qon tomirlari qismlarini elastik polimerlar bilan yopishtirishda), ko‘z kasalliklarini davolashda sun’iy ko‘z gavharlari va linzalari tayyorlashda, davolash sohasida qon o‘rnini bosuvchi, optik tolalar sifatida informatsion kommunikatsiyon texnologiyada telefon, telegraf aloqalarini o’rnatishda asosiy rolni o’ynaydi, plazma o‘rnini bosuvchi polimer moddalarni tayyorlashda, dori moddalarning ta’sir muddatini uzaytirishda keng qo'laniladi.
Bundan tashqari, polimer moddalar oziq-ovqat sanoatida, masalan, kolbasa, sosiska va boshqalarni o‘rovchi turli materiallar, pardalar, to'ldiruvchi moddalar sifatida, muzqaymoq tayyorlashda ishlatiladi.
O‘zbekistonda polimerlar kimyosi tarixi qariyb yarim asrlik davmi o‘z ichiga oladi. 40- yillarning oxiridan boshlab O‘zbekistonda polimerlar kimyosining asoschisi akademik X. U. Usmonov va u boshchilik qilgan olimlar bu sohadagi ilk izlanishlarni olib bordilar. 1951 yilda X. U. Usmonov rahbarligida O‘zbekistonda birinchi polimerlar laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriya tadqiqotlarida O‘zbekiston va O‘rta Osiyo uchun qimmatli tabiiy xomashyo bo’lgan polimer modda — paxta sellyulozasi asos qilib olindi.

Usmonov Xamdam Usmonovich
(1916—1990)
Kimyo fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 1951 yilda 0‘zbekistonda birinchi bo'lib polimer moddalar laboratoriyasini tashkil etgan. Polimerlar kimyoasi, selluloza kimyosi, fizik va radiatsion kimyo bo‘yicha ko‘p marta chet ellarda xalqaro simpoziumlarda ma’ruza qilgan. Davlat mukofotlari sohibi.
Tabiiy va sun’iy tolalar tuzilishi, sellyulozaning fizik-kimyoviy xossalari, o’zgarishlari, texnologiyasi kabi muammolar bu ilmiy tekshirish ishlariga mavzu qilib olindi. X.U.Usmonov o‘z shogirdlari bilan birgalikda polimerlanish va sopolimerlanish, yonmaydigan sellyuloza materiallari, tibbiyot maqsadlarida qo'laniluvchi polimerlar olish bo’yicha ko’pgina fundamental va ilmiy-amaliy ishlami o’tkazdi hamda qimmatli xulosalar berdi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari va erishilgan yutuqlar to’g’risida akademik X. U. Usmonov ko’p marta chet mamlakatlarda Xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruza qildi.
Akademik K.S. Ahmedov polimerlar kimyosi sohasida tuproq tarkibini va dispers sistemalami tashkil etuvchi gidrofil polimer moddalar eritmalari va aralashmalaridagi kolloid-kimyoviy holatlarni o’rganuvchi yo’nalishni rivojlantirishga katta hissa qo’shgan olimlardandir.
Akademik olimlarimizdan M.A.Asqarov, Yu.T.Toshpo’latov, S.Sh.Rashidova, S.S.Ne’matov, T.M.Mirkomilovlar polimerlar kimyosi va fizik-kimyosi sohasi da paxtachilik sanoati chiqindisi hisoblanuvchi lintdan sellyuloza olish, uning kimyosi va texnologiyasini o’rganish, suv da eruvchan polimerlar kimyosi va fizikasi, qishloq xo'jalagi va tibbiyot uchun zarur bo‘lgan polimer-metall komplekslari olish, kompozitsion polimer materiallar olish, radikal polimerlanish va sopolimerlanish kabi yo‘nalishlarni rivojlantirdilar.

Mirhoji Asqarov
(1931 y)
Kimyo fanlari doktori, O‘zFA akademigi.
Tabiiy va sun’iy polimerlar sohasida yirik ilmiy ishlar qilgan. O‘zbekistonda polimerlar kimyosi faniga asos solgan taniqli olimlardan biri.
O‘zbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulteti olimlari polimerlar kimyosi sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Kimyo fanlari doktori R.S. Tillayev boshchiligidagi olimlar guruhi yuqori molekulyar birikmalar eritmalari termodinamikasi ustida izlanishlar olib bordi? Yangi xil payvandli polimemi qildilar. Hozirda elektrokimyoviy jarayonlar, ya’ni elektrokimyoviy korroziya va unga qarshi kurashish sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Tarkibida ftor saqlagan polimerlar sintezi va ulami o'rganish sohasida universitet professori A. A. Yo'lchib'oyev boshchiligidagi olimlar guruhi salmoqli natijalarga erishdilar.
Ayni kunda O‘zbekistonda o'ndan ortiq polimerlar kimyosi markazlari ishlab turibdi.Bu markazlarda jami 6 ta akademik olim, 50 ta fan doktorlari, 120 ta fan nomzodlari va ko'pgina ilmiy xodimlar ish olib bormoqdalar. Ular erishgan muvaffaqiyatlar O‘zbekistonda polimerlar sanoati rivojining yangi bosqichlarini ta’minladi.