📅 Kimyo va ilm-fan portali
ChemInfo.uz

Kimyo haqida blog

Oqsillarni aniqlovchi sifat reaksiyalari

Oqsillarni aniqlovchi sifat reaksiyalari

Biuret reaksiyasi: idishdagi oqsil eritmasiga 10% li ishqor eritmasidan 1-2 ml qo’shib, ustiga 2% li CuSO4 eritmasidan tomchilatib qo’shilganda, eritma rangi ko’k bo’lishi dipeptidni, binafsharang bo’lishi tripeptidni, qizil rang bo’lishi esa yuqori molekulyar oqsillami ko’rsatadi;

Ksantoprotein reaksiyasi: konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida oqsillar sariq rangga konsentrlangan ammiak eritmasida esa to’q sariq rangga kiradi;

milon reaksiyasi: simob nitrat tuzining nitrat va nitrit kislotalardagi eritmasiga oqsilni qo’shib qizdirilganda, oqsil bir joyda to’planib, pushti-qizil rangli cho’kma hosil qiladi. Bu tirozin va triptofan uchun xos bo’lgan reaksiyadir;

ningidrin reaksiyasi: oqsillami ningidrin eritmasi bilan qo’shib qizdirilsa, eritma ko’k rangga bo’yaladi.

Oqsillar va umuman, tabiiy organikbirikmalar kimyosi bilan respublikamizda marhum akademik O. S. Sodiqov boshchiligida qator olimlar (prof. H. A. Aslonov, P. Yo'ldoshev) va ayni vaqtda O‘zRFA “Bio organik kimyo” insti­tuti xodimlari shug‘ullanib salmoqli natijalarga erishganlar.

Sodiqov Obid Sodiqovich
(1913—1987)

Kimyo fanlari doktori, professor, O‘zFA akademigi 600 dan ortiq ilmiy maqolalari, 100 ta avtorlik guvohnomasi bor. 10 ta fan doktori va 80 ta fan nomzodlarini tayyorlagan. G‘o‘zada ajratib olingan moddalami kompleks kimyoviy tekshirish natijalariga bag‘ishlangan ishlari uchun 1985 yilda D. I. Mendeleev nomidagi oltin medal bilan mukofotlangam Dunyoga mashhur bo’lgan 1200 ta kimyogar olimlar orasidagi yagona o‘zbek olimi.

Oqsillarning turlari va ularning asosiy vazifasi

Oqsillar tarkibi, organizmda bajaradigan vazifasi (funksiyasi) va tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo'linadi:

  1. Tuzilishiga ko'ra:

Fibrillyar oqsillar (jun, ipak tolasi, suyak, muskul, pay to'qimalari, shoxsimon moddalar);

Globulyar oqsillar (tuxum albumini, fermentlar sut tarkibi­ dagi oqsillar):

2. Organizmda bajaradigan vazifasi (funksiyasi)ga ko'ra:

Fermentlar (organizmda boradigan reaksiyalami tezlashtiruvchi biokatalizatorlar). Tripsin, emulsin, pepsin, amilaza, lipaza va hokazo.
Organizm tuzilishini va harakatlanuvchanligini ta’minlovchioqsillar (teri, soch, timoq, tuyoq, shoxlami hosil qiluvchi keratin, paylami hosil qiluvchi kollagen, fibroin, miozin, aktin);

Regulyator (boshqaruvchi) oqsillar — organizmda kechadigan oqsillar va nuklein kislotalar sintezini va siljishini boshqaruvchi oqsil­lar.

Reseptor oqsillar. Tashqimuhitdagi o‘zgarishlar haqida asab tiziniiga ma’lumotlar beruvchihujayralar tarkibigakirib, asab tizimi faoliyati vaharaka- tini yo'naltiruvchi oqsillar rodopsin, yodopsin).

Transport (tashuvchi) oqsillar. Qandsimon moddalami, turli ionlami, lipidlarni, aminokislotalami, kislorodni, energiyani tashuvchi va uzatuvchi oqsillar (gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar).

Oziq oqsillar. Organizmga zarur oziq moddalar vazifasini baja- ruvchi oqsillar (sut oqsili -kazein, prolamin, tuxum oqialbumin, bug’doy donida -gliadin, makkajo’xorida -zein, qonda -ferritin).

Himoyalovchi oqsillar. Organizmning tashqi muhit o'zgarishlari, kasalliklarga qarshi himoya xususiyatini (immunitetini) ta’minlovchi oqsil­ lar (immunoglobulinlar, interferonlar, trombin, fibrin).

3. Tarkibiga ko‘ra oqsillar:

oddiy (proteinlar) — gidrolizlanganda faqat aminokislotalarni hosil qiluvchi oqsillar; masalan, suvda eriydigan albuminlar-tuxum, bug’doy, no’xat oqsillari;

Murakkab (proteidlar) — gidrolizlanganda aminokislota­ lar va boshqa nooqsil moddalar (uglevodlar, nuklein kislotalar, metallaming ionlari, fosfatkislota qoldiqlari, lipidlar, pigmentlar) ni hosil qiluvchi oqsillarga bo‘linadilar.Masalan, nukleoproteidlar (xromosoma) oqsil va nuklein kislotadan tuzilgan, xromoproteidlar rangli oqsillar (gemoglobin, mioglobin) oqsil va temir ionli pigmentdan iborat, Iipoproteidlar (karotin) oqsil va lipiddan, glikoproteidlar oqsil va uglevoddan, fosfoproteidlar (kazein-sut oqsili, vitellin - tuxum sarig’i oqsili) oqsil va fosfat kislotadan tuzilgan.

Tuzilishi bo’yicha suvda, namakobda eriydigan yumaloq- globulyar oqsillar (gemoglobin, albumin, globulin, fermentlar); suvda erimaydigan tolasimon- fibrillyar oqsillar (keratin, kollagen, fibroin, miozin)mavjud.
Oqsillar suvda kolloid eritma hosil qiladi.

🏷️ Teglar: #Oqsillarni aniqlovchi sifat reaksiyalari #Oqsillarning turlari va ularning asosiy vazifasi