Aromatik aminlar — Anilin haqida

Aromatik aminlarning eng ko‘p ishlatiladigan va o'rganilgan vakili anilin yoki aminobenzoldir—C6H5NH2.
Anilin o‘ziga xos hidli suyuqlik. t°suyuq=6°C, t° qaynash= 184°C. Uzoqroq tursa rangi qorayadi. Anilinni tarkibiga ko‘ra ammiakdagi bir vodorod atomining fenil radikaliga almashinuvidan hosil bo‘lgan modda yoki benzol halqasidagi bir atom vodorodi aminogruppaga almashingan hosilasi deyish mumkin.
Aromatik aminlarning olinishi
Aromatik birlamchi aminlar, shu jumladan, anilin ham 1842 yilda N. N. Zinin tomonidan kashf qilingan reaksiya asosida sintez qilinadi. Zinin reaksiyasi — aromatik nitrobirikmalarni (NH4)2S — ammoniy sulfid ta’sirida qaytarishdir:
C6H5NO2 +3(NH4)2S
C6H5NH2+ 3S
Anilin sintez qilishning boshqa usuli ham mavjud bo‘lib, u nitrobenzolni cho‘yan qirindisi va xlorid kislota aralashmasi ishtirokida qaytarishdir.
Anilin olishning keyingi yillarda yaratilgan qulay usuli—nitrobenzol bug'larini H2 gazi bilan katalizator ishtirokida qaytarishdir:
C6H5NO2(bug') + 3H2
C6H5NH2 + 2H2O
Bu usullar bilan anilinning gomologlaridan toluidin (CH3- C6H4-NH2) ham olinadi. Anilin, toluidin lak-bo‘yoq sanoatining asosiy xomashyosidir.
Kimyoviy xossalari
Anilinning kimyoviy xossalari —NH2 va benzol halqasining elektron tuzilishlari hamda ularning bir- biriga ta’siri bilan tushuntiriladi.
- Benzol halqasi NH2 — gruppasi elektron zichligini o‘ziga tortgani uchun aminogruppaning asoslilik xususiyati (kamayadi) pasayadi, shu sababli anilinning suvli eritmasi lakmusni ko‘k rangga bo‘yay olmaydi. Lekin juda kuchsiz asos sifatida kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi:
C6H5NH2 + HC1
C6H5NH3+Cl- (fenilammoniyxlorid)
Hosil bo'lgan tuz anilingidroxlorid deb ham aytiladi, suvda yaxshi eruvchan tuz bo'lib, elektrolit xossasiga ega. Mo‘l ishqor ta’sirida qaytadan anilinga aylanadi:
C6H5NH3+Cl- + NaOH
C6H5NH2 + NaCl + H2O
Anilin benzol halqasi hisobiga almashinish reaksiyasiga juda oson kirishadi. Agar anilinga brom ta’sir ettirilsa, —NH2 gruppaga nisbatan orto- va para-holatdagi vodorod atomlari bromga almashinadi:

Alifatik va aromatik aminobirikmalarning asosli xossalarini qiyoslash
Ammiak (H3N) va aminobirikmalar molekulalari (R—NH2, R2NH, R3N)dagi azot atomlarining elektron tuzilishi o‘xshash bo‘lib, har bir azot atomida bir juft taqsimlanmagan elektronlari hisobiga asoslilik xossasini namoyon qiladi. Alkil amihlaming asoslik xossasi ammiaknikidan kuchli:
NH3< CH3NH2< (CH3)2NH < (CH3)3N < C2H5N < (C2H5)2NH > (C2H5)3N
Chunki ammiak molekulasidagi vodorod atomining alkil radikali (CH3—)ga almashtirilishi azot atomi tomon elektronlarning siljishiga olib keladi va azot atomining asoslik xossasi kuchayadi. Azot atomi yuqori elektron buluti zichligiga ega bo‘lgani uchun suv molekulasidagi protonni o‘ziga kuchli tortib, OH- — ionini osonlik bilan ajralishiga sabab bo'ladi:
Ikkinchi CH-3 radikalining kiritilishi bu xususiyatni yanada kuchaytiradi va dimetilamin (ikkilamchi amin) metilamin (birlamchi amin) ga nisbatan yanada kuchliroq asos xossasiga ega bo‘ladi.
Uchinchi radikalning kiritilishi uchlamchi alkil aminning asos xossasini awalgidek tartibda oshirib borishi kerak edi. Ammo uchta alkil radikalining bitta azot atrofida joylashganligi fazoviy jihatdan unda elektron zichligining va demak manfiy zaryadning stabillashuvini qiyinlashtiradi. Bu o‘z navbatida azot atomini suv molekulalari tomonidan gidratlanishiga to‘sqinlik qiladi va aminning asos xossasining biroz kuchsizlanishiga sabab bo'ladi.
Lekin radikalning kattalashuvi (CH3— o‘rniga C2H5— bo‘lishi) aminlaming asoslilik xossasining sezilarli oshishiga olib keladi.
Aromatik aminlarda benzol halqasining borligi azot atomidagi elektron zichligini uning tomoniga siljishiga va azotning asoslik xossasi (suv molekulasidagi vodorod atomini o‘ziga tortish xossasi)ni kuchsizlantiradi:

Aromatik halqalar soninihg ortishi kutilganidek, aminlarning asoslik xossasini kamaytirib boradi:
NH3 > C6H5NH2 > (C6H5)2NH > (C6H5)3N
Anilin molekulasidagi benzol halqasida NH2—gruppada orto- holatda CH3— radikalining kiritilishi uning asoslik xossasini katnaytirsa, meta- ya para- holatda bo'Iishi esa aromatik amirining asosliligini oshiradi.
Anilin molekulasiga Cl— yoki NO2— kabi elektron-akseptor o'rinbosarlarning para-holatda kiritilishi asoslik xossasini kamaytiradi.