Organik birikmalarning gibridlanishi

Energiyalari oʻzaro yaqin boʻlgan atom orbitallari bir-biri bilan ta'sirlashib, shakl va energiyalari bir xil boʻlgan gibrid orbitallarni hosil qilishi gibridlanish deb ataladi. Gibrid orbitallarning oʻzaro qoplanishi gibridlanmagan orbitallarga nisbatan katta bo'lganligi sababli mustahkam bogʻlar hosil qiladi.
sp3-gibridlanish. Uglerod atomi kimyoviy reaksiyalarga kirishayotganda asosiy holatdan (1s22s2sp2) qoʻzgʻalgan holatga (1s22s1sp3) oʻtadi. Tashqi pog'onadagi 4ta atom orbitaldan shakl va energiyalari bir xil boʻlgan 4ta gibrid sp-orbitallar yuzaga keladi. Ular tetraedr uchlariga yo'nalgan holda 109.5° burchak hosil qilib fazoda joylashadi. Bunday gibridlanish to'yingan uglevodorodlar va ularning hosilalaridagi uglerod atomlariga xos boʻladi.
sp2-gibridlanish. Uglerod atomidagi tashqi Ita s va 2ta p orbitallarning gibridlanishidan 3ta sp-gibrid orbitallar yuzaga keladi. Ular tekislikda 120° burchak bilan joylashadi. Gibridlanmagan p orbital ana shu tekislikka perpendikulyar holda boʻladi. Bunday gibridlanish to'yinmagan uglevodorodlar (alkenlar), karbonil va karboksil funksional guruhlaridagi uglerod atomlariga xos bo'ladi.

sp-gibridlanish. Uglerod atomidagi tashqi 1ta s va 1ta p orbitallarning gibridlanishidan 2ta sp-gibrid orbitallar yuzaga keladi, ular chiziqda 180° burchak hosil qilib joylashadi. Gibridlanmagan 2ta p orbitallar esa oʻzaro perpendikulyar tekisliklarda boʻladi. Bunday gibridlanish alkinlar, allenlar va nitrillarda kuzatiladi.
Gibridlanish turiga qarab C-C bogʻ uzunligi oʻzgarishini quyidagi misolda yaqqol ko'rish mumkin:

Ugleroddan boshqa element atom orbitallari ham gibridlanishi mumkin. Masalan, ammoniy ioni va unga mos alkilammoniy kationlarida azot atomi elektron orbitallari sp³, piridinda sp², nitrillarda esa sp-gibridlanish holatida bo'ladi.
